Isroilga nisbatan futbol sanksiyalarini qo‘llash masalasi hamon muhokama qilinmoqda. RMC Sport xabariga ko‘ra, Ispaniya, Turkiya va Norvegiya futbol uyushmalari UYEFAni Isroil jamoalarini zudlik bilan chiqarib tashlashga undamoqda.
Shuningdek, Angliya futbol uyushmasi ham Isroilning darajasini o‘zgartirish imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.
Ayni paytda, manba ta’kidlashicha, UYEFA rahbari Aleksandr Cheferin hamon juda ehtiyotkor bo‘lib, Isroil masalasini nihoyatda nozik deb hisoblamoqda.
UEFAning ijroiya qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishi 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.