London sudi 47 yoshli Xitoy fuqarosi Chjimin Syanni 6,7 milliard dollar bitkoin o‘g‘irlashda va Buyuk Britaniyada ko‘chmas mulk sotib olish orqali pullarni yuvishga urinishda aybdor deb topdi.
Bu haqda Skotland-Yard matbuot xizmati o‘z saytida ma’lum qildi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ayoldan 61 000 dan ortiq bitkoin musodara qilingan - bu tarixdagi eng yirik kriptovalyuta musodarasi.
Tergovchilarning fikricha, 2014-2017 yillar davomida Syan 128 ming Xitoy fuqarosini, jumladan tadbirkorlar, pensionerlar, bank xodimlari va sud xodimlarini aldagan. U o‘g‘irlangan mablag‘larni bitkoinga aylantirib, so‘ng soxta hujjatlar yordamida Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan. Buyuk Britaniyada jinoyatchi hashamatli ko‘chmas mulk sotib olib, pullarini yuvishni maqsad qilgan.
The Sun gazetasiga ko‘ra, polisiya go‘yoki Syanning kundaligini topib olgan, unda u Dalay Lama tomonidan moylangan "qayta tug‘ilgan ma’buda" bo‘lishni va u malika sifatida hukmronlik qiladigan "Liberland" nomli qirollikni yaratishni xohlayotgani haqida yozgan.
Xitoylik ayol hozir hibsda. U o‘z aybiga iqror bo‘lib, hukm chiqarilishini kutmoqda.