Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Uber haydovchi akkauntlarini avtomatik ravishda bloklagani uchun 825 million yevro jarimaga tortildi

Uber haydovchi akkauntlarini avtomatik ravishda bloklagani uchun 825 million yevro jarimaga tortildi

Niderlandiya ma’lumotlarni himoya qilish boshqarmasi Uberni Yevropa ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini buzgani uchun 825 million yevro (966 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

Bu haqda Reuters agentiligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kompaniya haydovchilarning akkauntlarini avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanib, ularga yetarli ma’lumot bermasdan o‘chirib qo‘ygan.

Bu jarima Yevropa Ittifoqining Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Nizomi tarixidagi ikkinchi eng katta jarima bo‘lishi mumkin. Faqat 2023 yilda Irlandiya tomonidan Meta kompaniyasiga Yevropa Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlarini Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy ravishda o‘tkazgani uchun qo‘llanilgan 1,2 milliard yevro miqdoridagi jarima bundan kattaroq edi.

Uber jarimaga shikoyat qilish niyatini e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!