Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

U20 JCH. Nimchorak finalda O‘zbekistonga kim raqib bo‘ladi?

U20 JCH. Nimchorak finalda O‘zbekistonga kim raqib bo‘ladi?

U20 Jahon chempionatining uchinchi o‘yinida nihoyat g‘alaba qozondik va pley-off bosqichiga 2-o‘rin bilan chiqdik. Nimchorak finalda O‘zbekistonga "C" guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa raqib bo‘ladi.

C guruhi

Jamoa O‘yin G‘alaba Durang Mag‘-yat T-N Ochko
1 Kolumbiya 2 2 0 0 4-2 6
2 Yaponiya 2 1 0 1 2-2 3
3 Isroil 2 0 1 1 2-3 1
4 Senegal 2 0 1 1 1-2 1

Bu guruhda Kolumbiya 6 ochko bilan pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Bu jamoa bugun bo‘ladigan 3-tur bahsida Senegalga mag‘lub bo‘lmasa, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritadi.

Shunda 2-o‘rin masalasi Yaponiya-Isroil o‘yinida hal bo‘ladi. Qit’adoshlarimiz hisobida 3, yevropaliklar hisobida esa 1 ochko mavjud. Bu bahsda yaponlar mag‘lub bo‘lmasa ham, 2-o‘rinni qo‘lga kiritishadi. Isroil g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda bizga raqib bo‘ladi.

Lekin Kolumbiya Senegalga yutqazib qo‘ysa, unda guruhdagi vaziyat chigallashadi. G‘alaba tufayli Senegalning ochkolari 4 taga yetadi. Yaponiya-Isroil o‘yinida "kunchiqar yurt" o‘lkasi yirikroq hisobda g‘alaba qozonsa, guruh g‘olibiga aylanib, Kolumbiya 2-o‘ringa tushib qolishi ham mumkin.

Xullas, pley-off yo‘llanmasi uchun kurashda uch jamoa ichida eng yaxshi imkoniyat Yaponiyada. Ular Isroilga mag‘lub bo‘lmasa, eng kamida 3-o‘rin bilan nimchorak finalga chiqadi.

"C" guruhida 3-tur o‘yinlari bugun tunda — 28 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanadi. Plef-offdagi raqibimizni mana shu o‘yinlar yakunlaganidan keyin bilib olamiz.

O‘zbekistonning nimchorak final bosqichida o‘yini esa 30 maydan 31 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00ga belgilangan.

Kiritildi: 12:28 27.05.2023. O'qildi: 7284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!