Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"U xiyonat qildi" — Messi "Barselona"dan ketishida Pikeni aybladi

A A A
"U xiyonat qildi" — Messi "Barselona"dan ketishida Pikeni aybladi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi va «Barselona» himoyachisi Jerar Pike o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqida OAV xabar topdi.

Sport.es xabariga ko‘ra, argentinalik yulduz sobiq jamoadoshini Kataloniya klubidan ketganida aybdor deb hisoblaydi. Messining so‘zlariga ko‘ra, Pike Messi «Barsa»da qolishi uchun maoshi kamayishiga rozi bo‘lmagan. Natijada 34 yoshli futbolchi «PSJ»ga ketdi. Qizig‘i, shundan so‘ng Pike klub yangi futbolchilarga maosh to‘lay olishi uchun o‘z maoshi kamayishiga rozi bo‘ldi.

Messi esa buni xiyonat deb hisobladi, shu sababli ularning munosabatlari sezilarli darajada yomonlashdi.

Kiritildi: 16:31 27.01.2022. O'qildi: 3186 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!