Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"U mening o‘g‘lim emas": ota farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab yubordi

"U mening o‘g‘lim emas": ota farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab yubordi

Namangan shahrida yashovchi, 26 yoshli Tolib Pirmatov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) T. Pirmatov 2017 yil 1 oktyabrda Zilola Tursunaliyeva bilan qonuniy nikohdan o‘tib, turmush qurgan.

“Kuch – adolatda” gazetasining 2019 yil 18 oktyabr kungi sonida chop etilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudining raisi Davlatmirzo Komilov hamda nashr muxbiri Xurshid Sultonovning maqolasiga ko‘ra, oilaning ilk turmush davridanoq o‘zaro kelishmovchiliklar va janjallar bo‘lgani hamda kelishmovchilarning 2018 yil 4 iyul kuni kuni o‘g‘il farzand ko‘rishgach battar avjiga chiqqani tergov hujjatlarida qayd etilgan.

Aniqrog‘i, T. Pirmatov o‘g‘li Diyorbekni o‘ziga o‘xshamasligini ro‘kach qilib janjal qilib kelavergan.

Ayniqsa, Zilola o‘zi va onasiga oilaviy tanish bo‘lgan Nozimjon ismli yigitni eriga qarindoshi sifatida tanishtirib, shaxsiy yumushlari bilan uning avtomashinasida yurgani Tolibning qattiq g‘azabiga hamda dovrug‘i butun mahallaga taralgan janjalga sabab bo‘ldi. Oqibatda Z. Tursunaliyeva 2019 yil 24 fevral kuni bolasini olib, ota uyiga ketib qoldi.

Shundan so‘ng oradan bir yarim oycha o‘tib, Zilola farzandining ta’minoti uchun aliment undirish maqsadida sudga murojaat qildi.
Natijada fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 24 apreldagi hal qiluv qaroriga muvofiq T. Pirmatovdan Z. Tursunaliyeva foydasiga Diyorbek voyaga yetgunga qadar tegishli aliment undirish belgilandi.

Lekin bir safar Tolib o‘g‘li Diyorbekni ko‘rgani borganda Zilola bunga rozilik bermadi. Binobarin, u sudga murojaat qilib o‘g‘li bilan ko‘rishib turish tartibini belgilab berishni so‘radi. O‘z navbatida, sud 2019 yil 24 mayda T. Pirmatovning har hafta shanba va yakshanba kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha Zilolaning ishtirokida farzandi bilan ko‘rishishi yuza­sidan hal qiluv qarori qabul qildi.

Oxir-oqibat Tolib aliment to‘lamaslik maqsadida Diyorbekdan qutulish va shu orqali Ziloladan o‘ch olish rejasi paydo bo‘ldi.

U o‘g‘lini xotinining uyidan farzandini olib, Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab yubordi. Tergov jarayonida odam DNKsi biologik ekspertizasi ham o‘tkazildi. Mazkur ekspertizaning 7106/12d-sonli xulosasiga binoan Tolib Pirmatov Diyorbek Adhamovning otasi, Zilola Tursunaliyeva esa, onasi ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Shuningdek, sud-psixiatrik ekspertizasining 154-sonli va stasionar tartibdagi sudga oid psixolog-psixiatriya ekspertizasining 184-sonli xulosalariga ko‘ra, T. Pirmatov jinoyat sodir etgan vaqtda ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lgani, o‘z harakatlarining ahamiyatini anglagani hamda tibbiy yo‘sindagi majburiy davolanishga muhtoj emasligi ham ayon bo‘ldi.

 

Kiritildi: 12:32 22.10.2019. O'qildi: 5246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!