Kuni kecha Mirobod tumanida joylashgan 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etganligi haqida xabar qilingan edi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yil 10 aprel kuni Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi M.S. 5 soat o‘qigan, darsdan so‘ng maktab hovlisida vafot etgan. Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganida hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik sodir bo‘lmagan.
Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, M.S.ning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki a’zolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan.
"M.S. 8-sinfning a’lochi va namunali o‘quvchilaridan bo‘lgan. Bevaqt vafoti munosabati bilan uning ota-onasi hamda barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz", - deyiladi xabarda.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.