Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tyutorlar majburiy mehnatga jalb etilyaptimi?

A A A
Tyutorlar majburiy mehnatga jalb etilyaptimi?

«Eltuz» telegram kanalida e’lon qilingan «Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi majburiy mehnatning yangi turini o‘ylab topdimi?» materiali yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, xususiy xonadonlarda sanitariya-gigiyena, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash jiddiy va dolzarb muammo sanaladi.

Talabalarning dam olish kunlai o‘z ijara uylarida bo‘lishini inobatga olib, ular bilan yashab turgan xonadonida uchrashish va suhbatlashish, muammolarini aniqlash maqsadida ijara xonadonlarini o‘rganishni tashkil etish aynan shu kunlarga belgilangan. 1, 2-smenada o‘quv jarayoni davom etib turgan kunlarda ijara xonadonini talabaning ishtirokida boshqa payt o‘rganishning aksariyat hollarda imkoni bo‘lmaydi.

Ijara xonadonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishining nazoratga olish, ijara to‘lovlarining bir qismi talabalarga istisnosiz, to‘liq to‘lab berilayotganini aniqlash, shu asosda tegishli chora-tadbirlarni belgilash, mavjud muammo va kamchiliklarni joyida bartaraf etish uchun mazkur jarayonga tyutorlar jalb etilgan. Bunda barcha ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olinib, ularning qayerda, qanday sharoitda yashayotgani, xususiy xonadon egasining talabalarga munosabati, ijara to‘lovida muammolar bor-yo‘qligi kabi holatlarga aniqlik kiritiladi.

Mehnat qonunchiligiga asosan, dam olish kunlari mazkur ishlarga jalb etilgan xodimlarning ish haqiga kamida ikki hissa miqdorda haq to‘lanadi yoki xohishiga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kuni beriladi.

Shu bilan birga, talabalarni doimiy yoki vaqtincha yashash uylariga joylashtirish va ularni ro‘yxatga olish, yashash sharoitini muntazam o‘rganish tyutorlarning mehnat vazifasiga kiradi. Bu ijtimoiy zarur ishlar sanalgani bois dam olish kunlari ishlashga tyutorlardan rozilik olingan.

Kiritildi: 23:40 23.09.2023. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!