Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Tuyamo‘yin suv omborida suv hajmi 3.2 mlrd metr kubga yaqinlashdi

A A A
Tuyamo‘yin suv omborida suv hajmi 3.2 mlrd metr kubga yaqinlashdi

Dekabr oyining birinchi o‘n kunligida Amudaryo daryosida dekadalik suv o‘tishi 800 mln metr kub atrofida qayd etildi.

Noyabr oyida yog‘ingarchiliklar effekti ham Amudaryoda suv oqimi yaxshi bo‘lishiga va suv omboriga qo‘shimcha suv qo‘shilishida hal qiluvchi omil bo‘ldi. Natijada, Tuyamo‘yin suv omborida suv sathi o‘lik sathdan (2.55 mlrd metr kub) o‘tib, noyabr oxirida 3 mlrd metr kub atrofida suv to‘plandi.

Vaholanki, oktyabr oyida, boshqacha aytganda, 40 kunlarcha oldin Tuyamo‘yin suv omborida suv hajmi "o‘lik sath"dan ancha pastda edi. 2.2 mlrd metr kub atrofida.

40 kun ichida suv omboriga qo‘shimcha 1 mlrd metr kub suvning qo‘shilishi "Tuyamo‘yin" suv ombori uchun oxirgi uch to‘rt yillikdagi ijobiy holatlardan biri bo‘ldi.

Kiritildi: 18:11 24.12.2022. O'qildi: 4429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!