Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turmush o‘rtog‘ining kontrakt to‘lovini to‘laganda daromad solig‘i to‘lamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?

JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra soliq to‘lovchining:

➖ professional ta’lim tashkilotlarida;

➖ oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Bu imtiyoz soliq to‘lovchi:

➖ o‘zi uchun;

➖ 26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun;

➖ 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini) uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirgan summasiga qo‘llaniladi.

Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari ajratgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Bu imtiyoz soliq to‘lovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qo‘llanilmaydi.

Kiritildi: 10:34 03.10.2022. O'qildi: 1937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!