Bu haqda “Interfaks” agentligi aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. Kompaniya bu qaroriga izoh bermagan.
Turkmenistan Airlines'ning Ashxobod va Moskva o‘rtasidagi parvozlari dekabr oyi oxirida to‘xtatilgan edi. O‘sha paytda 2024 yil 30 dekabrdan 2025 yil 31 yanvargacha reyslar amalga oshirilmasligi e’lon qilingandi. Parvozlarning nima sababdan to‘xtatilishiga o‘shanda ham tushuntirish berilmagan edi.