Turkmanistonning Bolqon viloyatida yangi xalqaro aeroport ishga tushirildi, tadbirda mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Turkmaniston ommaviy axborot vositalari ta’kidlashicha, "soatiga 100 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan zamonaviy aviasiya majmuasi mintaqaning transport infratuzilmasini mustahkamlab, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi."
Berdimuhamedovning nutqidan so‘ng milliy raqslar namoyish etildi va bayram qo‘shiqlari ijro qilindi. Shundan keyin prezident aeroport binosiga kirdi, u yerda aeroport xodimlari kiyimidagi bolalar unga she’r o‘qib berishdi.