Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkmanistonda xorijliklarning mamlakatga kirishi soddalashtirilishi kutilmoqda

Turkmanistonda xorijliklarning mamlakatga kirishi soddalashtirilishi kutilmoqda

Turkmaniston parlamentining yig‘ilishida «Migrasiya to‘g‘risida»gi qonunga xorijiy fuqarolarning mamlakatga kirish tartibini sezilarli darajada soddalashtiradigan muhim o‘zgartirish loyihasi ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Turkmenportal.

Qayd qilinishicha, qonun xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yagona axborot tizimi orqali elektron vizalar berish qoidalari bilan to‘ldiriladi. Ushbu yangilik Turkmanistonning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va modernizasiya qilish bo‘yicha milliy strategik ustuvorliklariga to‘liq mos keladi.

Turkmanistonning 2012 yilda qabul qilingan «Migrasiya to‘g‘risida»gi qonuni amalda bo‘lgan davrda 13 marta yangilandi va takomillashtirildi. Oxirgi yangilanish 2023 yil 3 iyunda kiritilgan.

Turkmanistonga viza olish boshqa davlatlarga qaraganda ancha qiyin, u dunyodagi eng yopiq davlatlardan biri. Rasmiylar chet elliklarning kirishini, ayniqsa turizm yoki jurnalistika maqsadlarida kirayotganlarni qattiq nazorat qiladi. Hatto qo‘shni davlatlar fuqarolari ham viza olishga majbur.

Vizalarning aksariyat turlari Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifnomasini talab qiladi.

Viza berish haqidagi qarorlar juda uzoq vaqt ko‘rib chiqiladi va aksariyat hollarda rad etiladi.

Turkmaniston hukumati tashqi ta’sirdan qo‘rqadi va «ishonchsiz» yoki «nomaqbul» shaxslar, xususan, chet ellik jurnalistlar, huquq himoyachilari va faollarning mamlakatga kirishini cheklashga harakat qiladi.

Kiritildi: 17:15 15.04.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!