Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkmanistonda ocharchilik: ayollar namoyishga chiqdi

Turkmanistonda ocharchilik: ayollar namoyishga chiqdi

Turkmaniston janubidagi Mari viloyatida o‘nlab odamlar oziq-ovqat tanqisligiga qarshi miting o‘tkazdilar. Namoyishni, asosan, ayollar tashkil etdi. Ular Mari viloyatini mamlakatning qolgan qismi bilan bog‘laydigan magistralni to‘sib qo‘yishdi. Bu haqda "qalampir.uz" yozmoqda.

Namoyishchilarning bir qismi viloyat ma’muriyati binosiga bordi. U yerda mahalliy amaldorlardan davlat do‘konlarida un, o‘simlik moyi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz sotilishini ta’minlashni talab qilishdi.

Shuningdek, namoyishchilar davlat do‘konlarida bir necha oy davomida ehtiyoj uchun birinchi galdagi kerakli oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar sotilmaganini aytishdi. Ularning ta’kidlashicha, ba’zi do‘konlar 1 oy davomida yopiq bo‘lgan.

Bunga javoban amaldorlar davlat do‘konlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishga va’da berishdi. Keyin namoyishchilarga ikki kilogrammdan un tarqatildi.

Kiritildi: 17:10 06.04.2020. O'qildi: 11034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!