Turkmaniston Eron bilan chegarada ikkita savdo zonasi ochishni taklif qildi.
Bu haqda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Ashxobodda bo‘lib o‘tayotgan Turkmaniston-Eron biznes-forumidagi nutqida gapirgan.
“Davlat chegarasidagi “Gaudan-Bajigiran” nazorat-o‘tkazish punktida chegara bozori mavjud bo‘lib, Turkmaniston bunday savdo zonalarini tashkil etish masalasiga katta ahamiyat beradi.Shu munosabat bilan biz Eron tomoniga ushbu hududda savdo zonalarini yaratish masalasini o‘rganishni taklif qilamiz", - dedi u.
U savdoni Turkmaniston-Eron hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb atadi.
"Bugungi kunda ikki davlatning davlat va xususiy sektorlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu yerda chegaraviy savdo muhim ahamiyatga ega", — dedi vazir.