Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Turkmaniston 15 avgustgacha yo‘lovchi poyezdlar qatnoviga qo‘yilgan cheklovni uzaytirdi

Turkmaniston 15 avgustgacha yo‘lovchi poyezdlar qatnoviga qo‘yilgan cheklovni uzaytirdi

"Turkmendemiryollari" ("Turkmaniston temir yo‘llari") agentligi mamlakatda temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishga e’lon qilingan tanaffus 15 avgustgacha uzaytirilganini e’lon qildi. Yo‘lovchi poyezdlar qatnovi 16 iyuldan to‘xtatilgandi.

Yo‘lovchi poyezdlar qatnoviga qo‘yilgan cheklov ikkinchi marta uzaytirilmoqda. Dastlab koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida poyezdlar 16 iyuldan 23 iyulgacha qatnamasligi e’lon qilingan, so‘ngra tanaffus 31 iyulgacha uzaytirilgandi.

Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi holati qayd etilmaganini ta’kidlab kelmoqda. Mamlakatda iyul o‘rtalarida niqob taqish rejimi joriy etilgan, masjidlar, yirik savdo markazlari va bozorlar, restoranlar, kinoteatrlar, xizmat ko‘rsatish korxonalari yopilgan. "Turkmaniston havo yo‘llari" barcha xalqaro parvozlarni 31 avgustgacha bekor qilgan.

JSST ekspertlari Turkmanistonga kelib vaziyatni o‘rgangan va mamlakatda zotiljam bilan kasallanish holatlari o‘sayotganligidan xavotir bildirgan. JSSTning Yevropadagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha katta xodimi Ketrin Smollvud Turkmaniston hukumatiga "xuddi COVID-19 tarqalgan vaziyatdagidek" harakat qilishni tavsiya etgan.

Kiritildi: 10:40 01.08.2020. O'qildi: 3270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!