Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiyaning nufuzli telekanalida o‘zbek multfilmi alohida e’tirof etildi

Turkiyaning nufuzli telekanalida o‘zbek multfilmi alohida e’tirof etildi

Odatda biz chet el multfilmlarini maqtab ko‘ramiz. Lekin bu safar vaziyat boshqacha: xorijliklar bizning mahsulot to‘g‘risida gapirmoqda!

Turkiyaning ko‘p millionli auditoriyaga ega nufuzli «TRT Avaz» telekanali O‘zbekistonning ilk to‘liq metrajli 3D animasion filmi — «Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi» haqida maxsus lavhani efirga uzatdi.

Bu nimani anglatadi? Bu — o‘zbek animasiyasi shunchaki mahalliy darajada emas, balki xalqaro standartlarga javob beradigan sifatga chiqayotganini anglatadi.

Aziz ota-onalar! Dunyo hamjamiyati qiziqish bilan kuzatayotgan, xorijda e’tirof etilayotgan milliy multfilmimizni farzandlaringizga ham albatta ko‘rsating.

25 dekabr kuni barcha ishingizni chetga surib, oilangiz bilan kinoteatrga boring. Bolalaringiz bilan birgalikda zavqlaning!

Kiritildi: Bugun 19:25. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!