Turkiyaning Kayseri shahrida avtobus va mikroavtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 17 kishi jarohatlandi.
TRT Haber ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharlararo yo‘lovchi avtobusi mikroavtobus bilan to‘qnashib ketgan. Voqea joyiga polisiya, o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. YTHda jabrlangan 17 kishi shaharning turli shifoxonalariga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, avtobus Mersindan Trabzon yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan.