«Fenerbaxche»da Arda Gyuler bilan birga ishlagan murabbiy Serxat Pekmejchi futbolchining Madridning «Real» klubidagi muammolari haqida gapirib berdi.
Turkiyalik hujumkor yarim himoyachi 2023 yilning yozida «Fenerbaxche»dan «qirollik klubi»ga o‘tgan edi.
«Real» – megaklub, ammo Gyuler u yerda hujumlarga (tazyiqlarga) uchramoqda. U menga shikoyat qilgani yo‘q, lekin bunday bo‘lishi mumkinligini bilardim. Men unga sabrli bo‘lishni aytdim. Bu tazyiqlar boshqa futbolchilar tomonidan bo‘lmoqda. Afsuski, «Real»da egosi juda baland bo‘lgan bir guruh futbolchilar bor va ular haligacha Ardani qabul qila olmayaptilar», — deya Pekmejchining so‘zlarini keltirmoqda «Madrid Universal».
Joriy mavsumda Gyuler «qaymoqranglilar» safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.