Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu Saudiyadan ketsa, arablar liga uchun yangi asosiy yulduzni olib keladi

Ronaldu Saudiyadan ketsa, arablar liga uchun yangi asosiy yulduzni olib keladi

Saudiya Arabistoni Pro-Ligasi kelasi yozda 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ni tark etsa, ligaga yangi “asosiy yulduz” olib keladi. Bu haqda The i Paper xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Pro liga chempionatning yangi yulduzi sifatida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh yoki "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni tanlashi mumkin. Ta’kidlanishicha, ularning kelishi va yosh iqtidorli futbolchilarning jalb etilishi haqiqatan ham Ronalduning Saudiya Arabistonidan ketishini yumshatishga qodir.

Portugaliyalik hujumchi "An-Nasr"ning so‘nggi ikki o‘yinida maydonga tushmadi. OAVda Ronaldu transfer siyosati va maoshlar bo‘yicha qarzdorligi tufayli klub xo‘jayinlaridan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Ta’kidlanishicha, futbolchi yozda "An-Nasr"ni tark etishi mumkin.

Kiritildi: 23:47 07.02.2026. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!