"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi g‘alabali (2:1) o‘yindan so‘ng Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
21 yoshli hamyurtimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi va Donnarumma bilan to‘qnashib ketgani uchun 61-daqiqada zaxiraga olindi.
«Abduqodir Husanov... Uning «Enfild»dagi ilk o‘yini. O‘zbekistondan kelib, Fransiyada atigi olti oy yashab, bu yerda — Saloh va Ekitikelarga qarshi maydonga tushdi... U qanday o‘yin o‘tkazdi, bu yigitga qoyil!", - dedi ispaniyalik mutaxassis.