Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiyaga jo‘natilgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan shu vaqtgacha qancha odamni jasadini topdi?

A A A
Turkiyaga jo‘natilgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan shu vaqtgacha qancha odamni jasadini topdi?

Xabaringiz bor, Turkiyadagi mudhish zilzila talafotlaridan qutqaruv ishlarida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham qatnashmoqda.

Hatay viloyatida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar oxirgi soatlarda 18 nafar qurbonning jasadini vayronalar ostidan olib chiqdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, biroz avval O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlarining borishi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar kelib tushgan.

“Yaqinda Hatay viloyatida vayronalarni ajratish paytida qutqaruvchilarimiz yana ikki nafar jabrlanganni tiriklayin olib chiqishdi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, so‘nggi bir necha soat ichida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar yana 18 nafar qurbonni xarobalar ostidan olib chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv operasiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari tomonidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlar vayronalar ostidan chiqarilgan.

Kiritildi: 07:50 09.02.2023. O'qildi: 2443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!