Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Shu yilning 14 aprel kuni Bosh konsulxona, "O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati" va Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan yurtdoshimizning vatanga qaytarilib, belgilangan tartibda davlat qaramog‘iga topshirilgan.

Qayd etilishicha, ota-onasidan erta ayrilgan S.S. o‘zining qonuniy vasiylarining roziligisiz, Turkiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish maqsadida Istanbul shahriga kelgan. U O‘zbekistonlik tanishining tavsiyasi bilan Turkiyada tahsil olayotgan, A.D. ismli shaxs bilan bog‘langan.

Turkiyaga kelganidan so‘ng S.S. ni A.D. kutib olgan va unga bosim o‘tkazib, uni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan. Qarshilik qilgan taqdirda esa uni mahalliy jinoiy guruhlarga topshirish bilan qo‘rqitgan.

O‘z hayoti xavf ostida qolganini anglagan S.S. yordam so‘rab diasporamiz vakillariga murojaat qilgan. Faollar tomonidan Bosh konsulxonaga olib kelingan va mazkur fuqaroning holati o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan.

Ushbu holatga aloqador shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan.

O‘zbekistonda S.S. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kutib olindi va hozirda uni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 00:52 17.04.2025. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!