Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiyadagi yong‘inlarni uyushtirgan terrorchilar guruhi nomi ma’lum bo‘ldi

Turkiyadagi yong‘inlarni uyushtirgan terrorchilar guruhi nomi ma’lum bo‘ldi

Iyul oyining oxiridan buyon butun Turkiya bo‘ylab tarqalgan o‘rmon yong‘inlarini "Olov bolalari" terroristik guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi yozadi.

"Olov bolalari" - Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bo‘linmasi, uning a’zolari Turkiyada terrorchi deb tan olingan. Tashkilot ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini yong‘inlar uchun javobgar deb e’lon qildi va o‘z harakatlarini hokimiyat bilan kurash deb tushuntirdi. "Boshqa tilni tushunishni o‘rganmaguncha, Turkiya rejimini olov oqimi bilan tiz cho‘ktirish vaqti keldi", deyiladi bayonotda.

Gazetaning ta’kidlashicha, "Olov bolalari" 1990-yillardan boshlab mamlakatda muntazam ravishda yong‘inlarga sabab bo‘lgan. Ular o‘tgan yili ham xuddi shunday harakatlarni amalga oshirgan.

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an yong‘inlarda KIPning ishtiroki borligini bir necha bor e’lon qilgandi.

Kiritildi: 23:03 01.08.2021. O'qildi: 3492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!