Turkiyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlarida 500 dan ortiq kishi jabrlandi, ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Kemal Memisog‘lu X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Ayni paytda o‘rmon yong‘inlari oqibatida 538 kishi jabrlangan. Ayni paytda yong‘inda jarohatlangan 3 nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ulardan birining ahvoli og‘ir. Ikki nafar fuqaromiz halok bo‘ldi", — deyiladi vazir matbuot xizmati xabarida.
Antaliyaning Ermenek tumanida chorshanba kuni o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, o‘rmon yong‘inlari Izmir viloyati va yana bir qancha hududlarni qamrab olgan. Keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sababli Turkiyaning uch viloyatida 50 mingdan ortiq fuqaro evakuasiya qilindi.