Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiyadagi tashlandiq NATO bazasi turistik maydonga aylanishi mumkin

Turkiyadagi tashlandiq NATO bazasi turistik maydonga aylanishi mumkin

Turkiyaning Trabzon viloyatidagi qarovsiz NATO bazasini sayyohlik joyiga aylantirish rejalashtirilgan. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, FTN news xabar berdi.

Qora dengizdagi Trabzon viloyatining Machka hududidagi NATO radar bazasi SSSRga yaqinligi sababli Sovuq urush vaqtida alyans tomonidan foydalanilgan, ammo 2010 yildan beri tark etilgan. O‘tgan haftada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidan bir necha deputat bazaga tashrif buyurgan.

Biz NATO bazasini turistik maskan qilish kerakligi haqida fikr almashdik, tayyorlangan loyihani Madaniyat va turizm vazirligiga taqdim etamiz. Trabzonda yangi sayyohlik maydonchasi qad ko‘tarishi uchun biz ish olib boramiz, deydi Machka tumani prefekti Koray Kochxon.

Kochxon, shuningdek, 2017 va 2021 yillarda bazadan sayyohlik maskani sifatida foydalanish rejalashtirilgani, biroq loyiha shundan beri oldinga siljimaganini aytgan.

Kiritildi: 07:18 09.07.2024. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!