Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi. Avvalroq 66 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Yong‘in 21 yanvar kuni kechasi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi 11 qavatli mehmonxonada sodir bo‘lgan. Hodisa yuz bergan paytda mehmonxonada 200 dan ortiq odam bo‘lgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in qurbonlari xotirasiga Turkiyada 22 yanvar motam kuni deb e’lon qildi.