Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, voqea Qahramonmarash viloyatidagu o‘rta maktabida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi shu maktabda o‘quvchi 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan, uning yonida beshta to‘pponcha borligi aniqlangan.
U avval maktab hovlisida havoga o‘q uzgan, so‘ngra maktab ichiga kirib, o‘q uzishda davom etgan. Hujumdan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. O‘quvchi qurolni sobiq polisiyachi bo‘lgan otasidan olgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Viloyat hokimi Mukkarram Unluyerning ma’lum qilishicha, hodisada 3 nafar o‘quvchi va 1 nafar o‘qituvchi – jami 4 kishi qurbon bo‘lgan. Shuningdek, 20 kishi yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, kuni Turkiyaning Shonliurfa viloyati Siverek tumanida joylashgan liseyda qurolli hujum sodir bo‘lgandi. Hodisada 18 kishi yaralangandi va hujum qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgandi.