Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyada yuzlab insonlar oshdan zaharlandi

Turkiyada yuzlab insonlar oshdan zaharlandi

Turkiya shimoli-sharqidagi Trabzonning O‘rtahisar tumanidagi to‘yda 100 ga yaqin odam zaharlandi.

Bu haqda mahalliy Haber Global telekanali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yxonada 100 ga yaqin odam palov yeb, kasal bo‘lib qolgan. Ovqatdan zaharlanish alomatlari bo‘lgan mehmonlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!