Turkiyaning Malatya shahrida yangi yil kuni terakt uyushtirishni rejalashtirgan ISHID a’zosi qo‘lga olindi.
Bu haqda Haber Global nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchi Ibrohim Burtakuchin Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti va polisiya hamkorligida o‘tkazilgan operasiyada qo‘lga olingan.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, u Turkiyada Yangi yil bayramlarida terakt uyushtirishni rejalashtirgan va ISHID a’zolari bilan ham mamlakat ichida, ham xalqaro miqyosda aloqada bo‘lgan.
Gumonlanuvchining yashash joyini tintuv qilish chog‘ida ko‘plab raqamli materiallar va taqiqlangan nashrlar topilgan.