Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiyada Van ko‘lida suv sathi pasaymoqda

A A A
Turkiyada Van ko‘lida suv sathi pasaymoqda

Turkiya sharqida global isish ta’sirida Van ko‘lida suv sathi pasaymoqda. Suv sathining pasayishiga kam yog‘ingarchilik va bug‘lanish kabi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi ANADOLU agentligi.

Ko‘lning sayozligi tufayli ming yillar davomida suv tubida hosil bo‘lgan mikrobialitlar xavf ostida. Ba’zi joylarda suv osti cho‘kindilari qirg‘oqdan aniq ko‘rinadi. Bu hodisa Erchish, Gevash va Edremit tumanlarida plyaj sayyohlari va fotosuratchilarning qiziqishini uyg‘otmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, Van ko‘li tubida balandligi 32,2 metr bo‘lgan katta mikrobialit bor. Ularning fikricha, vaqt o‘tishi bilan suv yuzasiga ko‘tarilgan cho‘kindilar shamol va ob-havoning salbiy ta’sirida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

«So‘nggi 10 yil ichida Van ko‘lining maydoni taxminan 140 santimetrga kamaydi. Bunday hodisa 1950 yillardan keyin ham kuzatilgan. Umid qilamizki, qurg‘oqchilikdan keyin yomg‘irli davr bo‘ladi», - deydi Davlat suv xo‘jaligi boshqarmasi vakili Ayxan Shaxna.

Kiritildi: 21:45 19.10.2022. O'qildi: 2424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!