Izmir (Turkiya) aeroportida polisiya BAAdan mamlakatga uchib kelgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Turkiya matbuotining yozishicha, kontrabandaga qarshi kurash boshqarmasi ayollarning oltin olib kirishga urinishi haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan. 2 oktyabr kuni aeroportdan chiqishda ular qo‘lga olindi, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak ham qo‘lga olindi.
Avtomobil va yo‘lovchilarni ko‘zdan kechirish chog‘ida har biri 110 grammlik 82 dona tilla quyma, 18 dona o‘yin pristavkalari va kontrollerlari (Playstation), 3 dona smartfon olib qo‘yildi. Qo‘shimcha tekshiruvdan so‘ng ayollarning jinsiy a’zolariga har biri 110 grammdan bo‘lgan yana 84 dona oltin quymalari tikilgani ma’lum bo‘ldi. Turkiya sudining qarori bilan jarrohlik aralashuvi amalga oshirildi. Yo‘lovchilarning jinsiy a’zolaridan umumiy og‘irligi 9 kg 240 gramm bo‘lgan barcha quymalar olib tashlandi. Shunday qilib, har biri bir yarim kilogrammdan sal ko‘proq oltin olib yurgan.
Og‘irligi 18 kilogramm 500 gramm bo‘lgan 166 dona oltin quymalarining umumiy bozor qiymati 55 million turk lirasini (yoki 1,5 million dollar) tashkil etdi.
Ayol kuryerlar va ularni kutib olgan erkak Izmir sudi tomonidan hibsga olindi.