Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Turkiya ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, 65 kishi alkogolli ichimlikdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan, ulardan 19 nafari vafot etgan.
Polisiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi. Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.