Shuningdek, 6 nafar jangari o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, kuch tuzilmalari 29 dekabr, dushanba kuni Marmara dengizi sohilidagi Yalova shahridagi uylardan birida terrorizmga qarshi operasiya o‘tkazgan.
"Hujum chog‘ida kamida olti nafar ISHID jangarilari o‘ldirildi. Shuningdek, terrorchilar polisiyachilarga o‘t ochganidan so‘ng uch nafar polisiya xodimi ham halok bo‘ldi. Yana sakkiz nafar polisiyachi va bir nafar xavfsizlik xodimi yaralangan", — deya aniqlik kiritdi Turkiya IIV rahbari.
Polisiya hujumda o‘ldirilgan 6 jangarining barchasi Turkiya fuqarosi bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, uydan besh nafar ayol va olti nafar bola tirik chiqarib olingan.
O‘tgan hafta Turkiya polisiyasi Yangi yil bayramida hujumlar uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan 115 kishini qo‘lga olgandi. So‘nggi bir oy ichida polisiya jami 138 kishini hibsga oldi. Dushanba tongida esa Turkiya bo‘ylab 15 viloyatdagi 108 ta manzilda bir vaqtning o‘zida operasiya va tintuvlar o‘tkazilgandi.