Turkiyaning janubi-g‘arbiy sohillarida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Bu haqda Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha raisligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 02:17 da O‘rta yer dengizidagi Mug‘la shahrining Marmaris tumanidan 10,43 km uzoqlikda qayd etilgan. Zilzila episentri 67,91 km chuqurlikda joylashgan.
TRT Haber telekanalining xabar berishicha, tabiat hodisasi Mug‘la va Antaliyada sezilgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.