Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiya yangi Suriyani xohlaydi

A A A
Turkiya yangi Suriyani xohlaydi

Turkiya Suriyada «inklyuziv» hukumat o‘rnatishga chaqirmoqda.

Dam olish kunlari muxolifat kuchlari uzoq yillik hukmdor Bashar Asadni ag‘darganidan so‘ng Turkiya Suriyada «inklyuziv» yangi hukumat tuzishga chaqirdi.

«Xalqaro o‘yinchilar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriya xalqi bilan muloqot qilishini va inklyuziv ma’muriyat o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlashini kutamiz», dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara suriyalik muhojirlar va boshpana izlovchilarning o‘z vatanlariga qaytishini osonlashtirish ustida ham harakat qiladi.

«Biz suriyaliklarning xavfsiz va ixtiyoriy ravishda qaytishi va mamlakatni qayta qurish uchun qadamlar tashlashni davom ettiramiz», dedi Fidan. Biz Suriya xalqining ham bu oltin imkoniyatdan foydalanishiga ishonamiz” dedi.

Vazirning aytishicha, Turkiya qo‘shnilari bilan hamjihatlikda yashaydigan va Damashqdagi bu «yangi sahifada» suriyaliklar bilan birga bo‘ladigan yangi Suriyani xohlaydi.

Kiritildi: 20:24 09.12.2024. O'qildi: 3927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!