Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiya va Niger: tarix bilan mustahkamlangan hamkorlik

Turkiya va Niger: tarix bilan mustahkamlangan hamkorlik

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan boshchiligidagi oliy martabali Turkiya delegasiyasi Nigerga tashrif buyurib, G‘arbiy Afrika davlati oliy rahbariyati bilan bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Turkiya delegasiyasi tarkibida Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, Milliy razvedka (MİT) rahbari Ibrohim Kalin va Turkiya Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Haluk Gergun ham bor edi.

«Prezidentimiz qarashlariga muvofiq, Afrikadagi hamkorlik siyosatimiz kundan-kunga institusionallashib bormoqda. Afrikada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik bizning ustuvor vazifalarimizdandir. Turkiyaning 54 Afrika davlatidan 44 tasida elchixonalari bor», dedi Hakan Fidan Nigerlik hamkorlar bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot bayonotida.

Vazir Turkiya va Niger o‘rtasidagi tarixiy munosabatlar Usmonlilar imperiyasi davriga borib taqalishini ta’kidladi. Vaholanki, Anqara so‘nggi yillarda Niamey bilan tuzilmaviy asosda munosabatlar o‘rnatish uchun katta sa’y-harakatlar qildi.

Kiritildi: 01:48 19.07.2024. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!