Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiya Tojikistondagi voqealardan xavotirda

Turkiya Tojikistondagi voqealardan xavotirda

Turkiya Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi voqealar rivojini xavotir bilan kuzatmoqda. Bu haqda 21 may kuni Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi voqealar qurbonlar va odamlar, jumladan, xavfsizlik kuchlari xodimlarining jarohatlanishiga olib kelganini eslatdi.

“Turkiya Tojikistonda jamoat tartibi va barqarorlik tezroq tiklanishiga umid qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Turkiya TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda butun Tojikiston xalqiga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyi o‘rtalarida Tog‘li Badaxshon ma’muriy markazi Xorug‘ shahri aholisi viloyat rahbari Alisher Mirzonabotning iste’foga chiqishini talab qilganidan so‘ng, mintaqadagi vaziyat keskinlashgan. Viloyat rahbari iste’foga chiqmagan taqdirda, badaxshonliklar norozilik namoyishlarini boshlashga va’da berishdi. Rasmiylar talablarni noqonuniy deb e’lon qildi va namoyishlarda ishtirok etish terrorchilik harakati sifatida baholanishini aytgan.

16 may kuni namoyishchilar Xorug‘ markazidagi viloyat hokimligiga bordi, biroq xavfsizlik kuchlari ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Ular namoyishchilarga qarshi rezina o‘q va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy qurollar ham qo‘llanilgani, oqibatda bir kishi halok bo‘lgani, bir necha kishi yaralangani haqida xabarlar tarqalgandi.

18 may kuni Tog‘li Badaxshonning Rushon tumanida 200 ga yaqin odam Dushanbe-Xorug‘ avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan, “aksilterror operasiyasi” boshlangan.

Kiritildi: 23:27 21.05.2022. O'qildi: 3577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!