Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiya TIV rahbari Isroilga nisbatan xalqaro sanksiyalar kuchayayotganini ma’lum qildi

Turkiya TIV rahbari Isroilga nisbatan xalqaro sanksiyalar kuchayayotganini ma’lum qildi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Isroil yuritayotgan siyosat «global xavfsizlik masalasiga aylanganini» ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Hamma Isroilni «xonadagi fil» (ko‘zga yaqqol tashlanib turgan, ammo indamay kelinayotgan muammo) deb ta’riflamoqda. Barcha tinchlik, diplomatiya, muloqot va yechimlar haqida gapirish uchun yig‘ilgan bir paytda, Isroil zo‘ravonlik va ekspansionizm orqali barcha muammolarni yanada keskinlashtirish siyosatini olib borayotganini ko‘ryapmiz».

Fidan «kecha Yevropa Ittifoqi tomonidan Isroilga qarshi jamoaviy sanksiyalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinganini» ko‘rsatib o‘tdi. «Ishonamanki, yaqin davrda dunyo jamoatchiligi Isroilning ekspansionistik siyosatiga yanada qat’iyroq munosabat bildiradi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Turkiya TIV rahbari Dohada Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida «Fors ko‘rfazida duch kelayotgan muammolarimiz hech qachon G‘azo sektorini unutishimizga sabab bo‘lmasligi kerak»ligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:02. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!