Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Maltada kemaga qilingan hujumni qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Maltada kemaga qilingan hujumni qoraladi

Turkiya, Malta qirg‘oqlari yaqinida xalqaro suvlarda Ozodlik flotiliyasi koalisiyasining "Vijdon" kemasiga qilingan hujumni qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O‘nju Kecheli ma’lum qildi, deya xabar beradi “Haberturk” .

Uning qo‘shimcha qilishicha, hujum vaqtida kemada turk fuqarolari ham bo‘lgan.

"Ma’lumki, bortdagi ekipaj va yo‘lovchilarning sog‘lig‘i yaxshi. Fuqarolarimizni xavfsiz joyga o‘tkazish uchun Maltaning vakolatli organlari bilan hamkorlikda zarur ishlar olib borilmoqda. Xalqaro suvlarda harakatlanish erkinligi va dengiz xavfsizligiga tahdid solayotgan bu hujumni keskin qoralaymiz", dedi u.

Tashqi ishlar vazirligi voizi kemaning Isroil uchuvchisiz uchoqlari tomonidan nishonga olingani haqidagi tahminlarni ta’kidladi: “Hujum tafsilotlarini imkon qadar tezroq oshkor qilish va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun barcha zarur choralar ko‘riladi”.

Kiritildi: 20:15 02.05.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!