“Maqsadimiz bir-bir yarim yil ichida 300.000 kishilik armiya yaratish. Mamlakat ichidagi og‘ir vaziyat va isroil tahdidi buni zarur qilib qo‘ymoqda”, dedi Suriyaning yangi rahbariyati vakili general Ahmad Usmon Turkiya gazetasiga.
Uning ta’kidlashicha, yaratilayotgan armiya tarkibiga 40 ming XTSh a’zosi, Suriya xalq armiyasining 50 ming askari (Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan), shuningdek, “Asad rejimi jinoyatlari”ga aloqador bo‘lmagan harbiy va razvedka zobitlari bo‘ladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Hozirgi bosqichda Turkiyaning harbiy yordami alohida ahamiyatga ega”, deb yozadi nashr.