G‘arbiy Sohilda sodir bo‘lgan voqeada Isroil armiyasi polkovnigi Ayub Kayuf yaralandi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Falastinning Tulkarm shahri hududida sodir bo‘lgan. Ofiserlar ketayotgan “David” qo‘mondonlik zirhli avtomashinasi portlovchi moslamaning ishga tushishi natijasida shikastlangan.
Portlash vaqtida mashinada Yahudiya va Samariya bo‘linmasi qo‘mondoni (Isroilning G‘arbiy Sohil uchun atamasi) brigada generali Yaki Dolf va mintaqaviy Menashe brigadasi qo‘mondoni polkovnik Kayuf bo‘lgan, deyiladi xabarda.
"Menashe mintaqaviy brigadasi qo‘mondoni o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati oldi va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun evakuasiya qilindi. Bu haqda uning oilasi xabardor qilingan. Mashinada bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar jabrlanmagan", - deya ma’lum qildi armiya.