Kishinev tomonidan Dnestrbo‘yi (Moldaviya GRES) elektr stansiyasini zo‘rlik bilan bosib olinishi Yevropada og‘ir oqibatlarga va beqarorlikka olib keladi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
"Bunday ssenariyda Rossiyaning mintaqadagi tinchlikparvar kuchlari xavf ostida qoladi va Dnestrbo‘yi aholisi... tom ma’noda garovga olinadi," - dedi u chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, "oqibatda vaziyatning keskinlashuvi og‘ir oqibatlarga, Yevropada yana bir beqarorlik o‘chog‘ining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sandu mamlakatni shunga tayyorlayapti."
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova prezidenti Mayya Sandu "Dnestrbo‘yi masalasini kuch bilan hal qilish uchun mamlakatdagi energetika inqirozidan ham foydalanmoqchi": "Ular gaz yetkazib berishni to‘xtatish mas’uliyatini so‘zsiz Rossiyaga yuklamoqda. Dnestrbo‘yida Moldaviya GRESini kuch bilan bosib olish varianti ko‘rib chiqilmoqda."