Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya superligasi. Fayzullayev assist qayd etgan va Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» g‘alaba qozondi

Turkiya superligasi. Fayzullayev assist qayd etgan va Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» g‘alaba qozondi

Turkiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Gaziantep" va "Bashakshehir" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida istanbulliklar hisobni ochishdi: Abbos Fayzullayevning uzatmasidan keyin Zelke to‘pni darvozaga joyladi.

22-daqiqada esa "Gaziantep" darvozasiga penalti belgilandi. Uni Eldor Shomurodov aniq amalga oshirib, jamoasining ustunligini oshirdi. O‘zbekistonlik futbolchi uchun ushbu gol joriy mavsumdagi 22-gol bo‘ldi. U to‘purar bahsida yetakchilik qilayotgan Pol Onuachu bilan tenglashib oldi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar bitta to‘p bilan javob qaytardi. Ammo "Bashakshehir" g‘alabani ushlab qoldi va mavsumni 57 ochko bilan 5-pog‘onada yakunladi.

Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov o‘yin oxirigacha maydonda harakat qildi.

Kiritildi: Bugun 09:51. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!