Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya Somali va Efiopiyani yarashtirdi

 Turkiya Somali va Efiopiyani yarashtirdi



Ikki davlat rahbarlari Addis-Abebada uchrashib, munosabatlarni tiklashga kelishib oldilar – bu Anqaraning diplomatik sa’y-harakatlari natijasidir.

Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud va Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

❕ Uchrashuv Turkiya tashabbusi bilan boshlangan Anqara jarayonidan keyin birinchi marta Efiopiya poytaxti Addis Ababada bo‘lib o‘tdi.


Tomonlar diplomatik vakolatxonalar orqali ikki tomonlama munosabatlarni tiklash va mustahkamlashga qaror qildilar va mintaqada barqarorlikni ta’minlash uchun o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik muhimligini ta’kidladilar.

Somali va Efiopiya o‘rtasidagi mojaro 2024 yil yanvar oyida Efiopiya va o‘zini o‘zi e’lon qilgan Somaliland o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganidan keyin boshlangan. Bu kelishuv Efiopiyaning Somaliland mustaqilligini tan olishi va unga dengizga chiqish huquqini berishni nazarda tutgan, bu esa Somalining keskin reaktsiyasiga sabab bo‘lgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2024 yil dekabr oyida boshlangan Anqara jarayoni doirasida mojaroni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshladi. Somali va Efiopiya rahbarlarining Turkiya shafeligidagi yakuniy uchrashuvi 2024 yil 11 dekabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan va unda diplomatik munosabatlarni tiklash va birgalikda yechim topish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Turkiya 2025 yil fevral oyi oxirigacha boshlanib, to‘rt oy ichida yakunlanadigan texnik muzokaralarga yordam beradi. Har ikki tomon Anqaraga yechim jarayoniga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 12:05 13.01.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!