Turkiya Rossiyadan sotib olinadigan po‘lat mahsulotlariga boj joriy qildi. "Endilikda Rossiya po‘latiga ishlab chiqaruvchiga qarab 6 dan 9 foizgacha qo‘shimcha soliq to‘lanadi", deyiladi Turkiya hukumatining Rasmiy gazetada chop etilgan qarorida.
"5 yil muddatga joriy qilingan ushbu chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad mahalliy po‘lat ishlab chiqarishga zarar yetkazadigan adolatsiz raqobatning oldini olish", deya tushuntirdi Turkiya Vazirlar Mahkamasi. Anqara Hindiston va Yaponiya po‘lat ishlab chiqaruvchilari uchun ham xuddi shunday bojlar joriy qilmoqda. Xitoy po‘lati uchun bojlar taqiqlangan darajada — 43% gacha o‘rnatiladi.
Shu bilan birga, rossiyalik po‘lat ishlab chiqaruvchilar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida joriy etilgan sanksiyalar tufayli xorijda sotish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda: yanvar-avgust oylarida Rossiya dengiz portlari orqali qora metallar eksporti 15 foizga qisqarib, 12,5 million tonnani tashkil etdi. Rossiya temir yo‘llari tarmog‘i orqali eksport ham 15 foizga qisqarib, 19,5 million tonnaga tushdi.