Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan "Xohlovchilar koalisiyasi"ning Ukraina bo‘yicha onlayn uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Turkiya vaziri Turkiyaning Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini ta’kidladi, shuningdek, Turkiya so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish va bu boradagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Turkiya, agar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilsa, unga rioya etilishini kuzatish bilan bog‘liq missiyani o‘z zimmasiga olishga tayyor," - deya qo‘shimcha qildi u.