Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdo‘g‘on AQSh rahbari Donald Trampning rafiqasi Melaniya Trampga maktub yo‘lladi.
Anadoluning xabar berishicha, Emine Erdo‘g‘an o‘z maktubida Melaniya Trampdan G‘azo sektoridagi bolalarning taqdiriga ham xuddi ukrainalik bolalarga bo‘lgani kabi e’tibor qaratishni so‘ragan.
Emine Erdo‘g‘an Melaniya Trampning Rossiya prezidenti nomiga yozgan xatini eslatib, barcha bolalarning azob-uqubatlari bir xil qabul qilinishi lozimligini ta’kidlagan.
"Erdo‘g‘an xonim, shuningdek, Melaniya Trampga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga xuddi shunday murojaat yo‘llab, uni G‘azodagi gumanitar inqirozni tugatishga chaqirishni taklif etdi", deya xabar bermoqda Anadolu.