Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Turkiya Prezidenti “3+3” formati ishtirokchilarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti “3+3” formati ishtirokchilarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Istanbulda 3+3 formatidagi yig‘ilishda ishtirok etayotgan tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Bu haqda davlat yetakchisi ma’muriyatiga tayanib "Anadolu" ma’lum qildi.

Muloqotda Ozarbayjondan Jeyxun Bayramov, Armaniston vakili Ararat Mirzoyan, Eron tashqi siyosat idorasi rahbari Abbos Araqchiy va Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Janubiy Kavkazda barqaror tinchlik jarayonini ta’minlash, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

Mezbon Prezident Turkiya Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida doimiy tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi voqealar munosabati bilan mamlakatlar hamkorligi va hamjihatligini kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan. Xususan, 3+3 platformasini institusional tuzilmaga aylantirish muloqot mexanizmini yanada samarali tus olishini ta’minlaydi.

Erdog‘an Yaqin Sharqdagi vaziyatga to‘xtalarkan, jumladan, shundan dedi: Isroil mojaroni mintaqaga yoyish maqsadida ig‘vo uyushtirmoqda. O‘t ochish to‘xtatilmagan har bir kun mintaqaviy urushni yanada yaqinlashtiradi. BMTning Isroilga qurol embargosi Tel-Avivni to‘xtatish uchun samarali qadam bo‘ladi. Turkiya barcha maydonlarda shunga erishish uchun harakat qilishda davom etadi.

Kiritildi: 11:01 20.10.2024. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!