Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya parlamenti O‘zbekistonga oid qator bitimlarni tasdiqladi

Turkiya parlamenti O‘zbekistonga oid qator bitimlarni tasdiqladi

2024 yil 15 may kuni Turkiya Respublikasining rasmiy gazetasida Turkiya Hukumati va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasidagi ayrim muhim hamkorlikka oid qonunlar, bitimlar va protokollar Parlament tomonidan qabul qilinganligi e’lon qilindi.

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qonunlar, bitimlar va protokollar quyidagilardan iborat:

1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi Bitim;

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim;

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Protokol;

4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy hadli Bitim;

5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;

6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Bitim;

7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim.

Kiritildi: 14:43 16.05.2024. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!